Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryo suv taʼminotidan assossiz ishdan boʻshatilgan ikki nafar xodimalar ishga tiklandi

Mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka koʻra har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.…

Surxondaryo suv taʼminotidan assossiz ishdan boʻshatilgan ikki nafar xodimalar ishga tiklandi

Mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka koʻra har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Shundan boʻlsada, kundalik xayotda bazan ish beruvchi va ishchi xodim oʻrtasida mehnat huquqlari bilan bogʻliq muammolar uchrab turadi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Termiz tumanlararo sudi tomonidan “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJning ikki nafar ayol xodimalari asossiz boʻshatilgan deb topildi va ishga tiklash majburiyati yuklatildi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi ish yurituviga qabul qilinib, darxol ijro harakatlariga kirishildi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun talablari ish beruvchiga tushintirilib, darxol ishga tiklash aks xolda belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Shundan soʻng, javobgar “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJning ishdan boʻshatish haqidagi buyruqlari bekor qilinib, ish beuvchining tegishli buyrugʻiga asosan asossiz boʻshatilgan xodimalardan biri muxandis-kimyogar lavozimiga va yana biri metrologiya va standartlashtirish boʻlimi tamgʻalovchi-metrolog lavozimlariga ishga tiklandi.
Ijro hujjati belgilangan tartibda ish yurituvdan tamomlandi.

Salohiddin Atoyev,
Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi katta inspektori

Mavzuga oid