Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryo viloyat sudi sudyalari tomonidan umumtaʼlim maktabida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Joriy yilning 26 avgust kuni Termiz shahridagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi binosida Surxondaryo viloyat sudi sudyasi A.Maxammadiyev, Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi D.Jumayevlar tomonidan mazkur maktabning faollari…

Joriy yilning 26 avgust kuni Termiz shahridagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi binosida Surxondaryo viloyat sudi sudyasi A.Maxammadiyev, Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi D.Jumayevlar tomonidan mazkur maktabning faollari bilan sud-huquq sohasidagi islohotlar va Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida, joriy yilning 26 avgust kuni mazkur maktabning faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Surxondaryo viloyat sudi sudyasi A.Maxammadiyev yangi qonunning eski tahrirdagi qonundan asosiy farqlari va oʻziga xos jihatlari haqida toʻxtalib, yangi tahrirdagi qonunga koʻra, sudyalarning mustaqilligi, qonun va sud oldida tenglik, sud hujjatlarining majburiyligi, sud ishlarini yuritishning oshkoraligi, sud ishlari yuritiladigan til, sud himoyasida boʻlish huquqi, aybsizlik prezumptsiyasi kabi sudlar faoliyatining printsiplariga qoʻshimcha ravishda qonuniylik deb nomlanganligi, Qonunning 8-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov qonunga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirilishi belgilanganligi, 17-moddasida taraflar va qonunda nazarda tutilgan boshqa shaxslarning sud hujjati ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari mustahkamlab qoʻyilganligi borasida soʻz yuritdi.
Bundan tashqari, Qonunning 67-moddasida, oʻttiz besh yoshga toʻlgan, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod boʻlishi mumkinligi haqida aytib oʻtildi.
Shuningdek, Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi D.Jumayev tomonidan joriy yilning oktyabr oyida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovi shu yurtning har bir fuqarosi uchun muhim siyosiy voqea ekanligi, fuqarolarimizdan ushbu siyosiy jarayonda faollik bilan ishtirok etishlari lozimligi haqida taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir soʻngida sudyalar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berishdi.

Surxondaryo viloyat sudi jamlatchilik va OAV bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultanti, Nilufar Toʻrayeva

Mavzuga oid