Surxondaryo viloyat sudlari raislari Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashiga axborot berishdi
Kuni kecha xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining oʻttiz beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimiToʻra Bobolov boshqarib bordi. Sessiyada deputatlar,viloyathokimining…
Kuni kecha xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining oʻttiz beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimiToʻra Bobolov boshqarib bordi.
Sessiyada deputatlar,viloyathokimining oʻrinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada Surxondaryo viloyati sudi va viloyat maʼmuriy sudining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi.
Surxondaryo viloyati sudi raisi oʻrinbosari B.Djumayev va Surxondaryo viloyat sudi maʼmuriy raisi v.b B.Ergashovlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezedenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 30 iyun kuni odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar va fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan axborotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudla faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga dori qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-son Farmonida berilgan vazifalardan kelib chiqib, 2021 yil 1-yarim yilligi uchun sudlarning ish faoliyatini “Bir sud –bir instantsiya” tamoyili asosida tashkil etishi, viloyatdagi sudlar tomonidan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga asosan bir oyda bir martajoylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etib, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borish choralarini kuchaytirish yoʻlga qoʻyilganligi haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Surxondaryo viloyat sudining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultanti Nilufar Toʻrayeva