Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining buyrugʻiga asosan Alisher Xaybulloyevich Anvarov Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. A. Anvarov 1982 yil 2 mart…

Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining buyrugʻiga asosan Alisher Xaybulloyevich Anvarov Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
A. Anvarov 1982 yil 2 mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan. 2003 yil Termiz davlat universitetini tamomlagan.
U 15 yil mobaynida davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritgan. Dastlab ish faoliyatini 2005 yilda Uzun tuman davlat soliq inspektsiyasida davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab oʻtgan yillar mobaynida viloyat soliq organlarida turli lavozimlarida ishlagan. Jumladan, 2013-2015 yillarida Uzun tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 2015-2018 yillarda Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Nazorat-taftish boʻlimi boshligʻi, 2018 yildan shu kungacha esa Termiz shahar davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Mavzuga oid