Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Tojikistonda boʻlib oʻtgan Navroʻz tantanalarida ishtirok etdi

Qoʻshni Tojikiston davlatining taklifiga koʻra, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Hisor shahri hamda Xatlon viloyatining asosiy Navroʻz bayrami tantanalarida qatnashdi. Navroʻz tantanalarida tojik xalqining milliy kuy-qoʻshiqlari,…

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Tojikistonda boʻlib oʻtgan Navroʻz tantanalarida ishtirok etdi


Qoʻshni Tojikiston davlatining taklifiga koʻra, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Hisor shahri hamda Xatlon viloyatining asosiy Navroʻz bayrami tantanalarida qatnashdi.


Navroʻz tantanalarida tojik xalqining milliy kuy-qoʻshiqlari, maqom sanʼati namunalari ijro etildi, urf-odat va anʼanalari namoyish qilindi. Shu bilan birga oʻzbek mumtoz ashulari ijrosi etildi.


Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Joʻrabek Toʻrayev boshligidagi delegatsiya Hisor shahri hamda Xatlon viloyatining Boxtar shahri, Jaloliddin Balxiy va Shahrituz tumanlaridagi tarixiy, diqqatga sazovor joylarda boʻlishdi, qoʻshni mamlakat hududlaridagi oʻzgarishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mavzuga oid