Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov rahbarligidagi delegatsiya Novosibirsk viloyatiga joʻnab ketdi
Avval xabar qilganimizdek, hozirgina Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent xalqaro aeroportidan amaliy tashrif bilan Rossiyaning Novosibirsk viloyatiga joʻnab ketdi. Delegatsiya tarkibida,…
Avval xabar qilganimizdek, hozirgina Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent xalqaro aeroportidan amaliy tashrif bilan Rossiyaning Novosibirsk viloyatiga joʻnab ketdi.
Delegatsiya tarkibida, shuningdek, viloyati hokimi oʻrinbosari Anvar Oripov, viloyat hokimining matbuot kotibi Zahiriddin Toʻrayev, Jarqoʻrgʻon tumani hokimi Ziyodulla Davlatov, Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibatov, Sherobod tumani hokimi oʻrinbosari Sodiq Jumayev hamda 8 nafar voha tadbirkorlari bor.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Novosibirsk viloyati hamda Moskva shahriga tashrifidan koʻzlangan maqsad tadbirkor va ishbilarmonlarimiz oʻrtasida faol sheriklik oʻrnatish uchun yanada qulay sharoit yaratish, hududlararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichda jadal rivojlantirishdir.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati