Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 4 ta soliq toʻlovchining 372.0 mln. soʻmlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi
Bugungi kunda Uzun tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 2506 nafardan ortiq boʻlib, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, tizimni jadal raqamlashtirish borasidagi izchil ishlar natijasida tuman miqyosida yuridik va…
Bugungi kunda Uzun tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni
2506 nafardan ortiq boʻlib, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, tizimni jadal raqamlashtirish borasidagi izchil ishlar natijasida tuman miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi 92%ga yetdi.
2022-yilning 27-dekabr holatiga tumanimiz soliq toʻlovchilari tomonidan joriy yilning IV choragida 17 mlrd 863,2 mln soʻm miqdorida soliq toʻlanib, belgilangan prognoz rejasi 1 mlrd 163,2 mln soʻm ortigʻi bilan bajarildi. Byudjetga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning asosiy qismi 11 mlrd 549,2 mln soʻm yoki 64,6 foizi yuridik shaxslar, 2 mlrd 840,0 mln. soʻm yoki 15,9 foizi jismoniy shaxslar, 3 mlrd 423,0 mln. soʻm yoki 19,1 foizi esa boshqa yigʻim va majburiy toʻlovlar hissasiga toʻgʻri keldi.
Soliq turlari boʻyicha tahlil etadigan boʻlsak, tushumning 9 mlrd 748,9 mln soʻm yoki 54,6 foizini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi,
2 mlrd 451,1 mln soʻm yoki 13,7 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soligʻi, 1 mlrd 238,1 mln.soʼmi yoki 6,9 foizini aylanmadan olinadigan soliq hamda qolgan 4 mlrd 425,1 mln soʻm yoki 24,8 foizini esa boshqa soliqlar va yigʻimlar tashkil etdi.
Prezidentimizning “Taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan obʼektlarga qoʻllanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi boʻyicha tumanimizdagi jami 662 ta soliq toʻlovchining 1 mlrd 306 mln soʻmlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar bilan oʻtkazilgan bevosita muloqotlar va keng koʻlamli tushuntirish ishlari natijasida 943 ta korxonada norasmiy ishlayotgan jami 1 646 nafar fuqarolar qonuniy tartibda ishlay boshladilar.
Jumladan, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalaridagi 1015 nafar, qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan 592 nafar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi 32 nafar, qurilish korxonalaridagi 7 nafar fuqarolarning faoliyati legallashtirildi va byudjetga 190,9 million soʻm qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltirildi. Soliq sohasidagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ish unumdorligining ortishi va xizmat koʻrsatish sifatining oshishini taʼminlamoqda.
Joriy yilning 26 dekabr holatiga “E-ijara” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (ATT) orqali tumanimizda 1036 ta koʻchmas mulk ijara shartnomalari soliq organlarida hisobga qoʻyildi. Shundan 182 tasi yuridik shaxslar, 854 tasi jismoniy shaxslar bilan tuzilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalaridir.
Shuningdek, “E-imtiyoz” ATT orqali jami 1132 ta holatda 180 ta korxonalarga 1 mlrd 294,2 mln. soʻm miqdorida yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliq (AOS) turlaridan imtiyoz qoʻllanildi.
Tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilayotgan bu kabi soliq imtiyozlari va yengilliklari xususiy sektorni rivojlantirish va shu asnoda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Shamsiddin Kasimov,
Uzun tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi