Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining “8-mart Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, muhtarama ayollar, aziz opa-singillar! Bahor! Yangilanish va yosharish fasli! Bahor kirib kelishi bilan qalbimizda oʻzgacha shukuh, oʻzgacha quvonch va oʻzgacha bir soʻz bilan ifodalab boʻlmas his tuygʻular joʻsh uradi.…

Assalomu alaykum, muhtarama ayollar, aziz opa-singillar!

Bahor! Yangilanish va yosharish fasli! Bahor kirib kelishi bilan qalbimizda oʻzgacha shukuh, oʻzgacha quvonch va oʻzgacha bir soʻz bilan ifodalab boʻlmas his tuygʻular joʻsh uradi.

Tabiat ochilib, koʻngillarimiz yorugʻ tuygʻularga toʻlib borayotgan mana shu shukuhli ayyom Siz aziz ayollar bayrami bilan hamohangligi biz erkaklarni yanada quvontiradi…

Siz, azizlarni, sizlar orqali butun statistika tizimida faol ishlab kelayotgan barcha xotin-qizlarni 8- mart bayrami bilan ayollarimiz, onalarimiz, opalarimiz, singillarimiz bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan oʻzimni baxtiyor his qilaman!

Biz bugun Yaratganning buyuk moʻʼjizasi boʻlgan, hayot davomiyligi va abadiyligini oʻzida mujassam etgan ayol zotini ulugʻlar ekanmiz, oʻzining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi va charogʻboni boʻlmish siz, munis ayollarimizga har qancha tasannolar aytsak, sizlarni har qancha eʼzozlab, boshimizga koʻtarsak, arziydi, albatta.

Sizlarni bayram bilan chin qalbimizdandan tabriklar ekanmiz, umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda boʻlsin! Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin! Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardogʻida boʻling, aziz, ayollar!

Barchangizga bayram muborak boʻlsin!

Chuqur hurmat va ehtirom ila,
Usmon Ibrohimovich Alimo
v!

Mavzuga oid