Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryo viloyati va Yaponiya oʻrtasida aloqalarni kengaytirish boʻyicha kelishuv imzolandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Oʻzbekiston Respublikasining Tokio shahridagi elchixonasida mamlakatimizning Nagoya shahridagi Faxriy konsuli Xiroyuki Ito bilan uchrashdi. Uchrashuvda Surxondaryo viloyati va Nagoya shahri…

Surxondaryo viloyati va Yaponiya oʻrtasida aloqalarni kengaytirish boʻyicha kelishuv imzolandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Oʻzbekiston Respublikasining Tokio shahridagi elchixonasida mamlakatimizning Nagoya shahridagi Faxriy konsuli Xiroyuki Ito bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati va Nagoya shahri oʻrtasida doʻstlik aloqalarini rivojlantirish, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm, taʼlim aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilinib, 2024 yil may oyida Termizda «Oʻzbekiston-Yaponiya» biznes forumini oʻtkazish, Surxondaryoga charter reyslarni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish, Aichi prefekturasidan Surxondaryo viloyatiga investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish hamda mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.Shundan soʻng «KEI Advanced and Digital Knowledge» kompaniyasi bosh direktori Hiromitsu Sakata bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati yoshlarini Yaponiyaga oʻqishga yuborish, hamkorlikda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha yapon tajribasini viloyat maktablariga tadbiq qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida matematika va boshqa aniq fanlarni oʻqitish boʻyicha yapon mutaxassislarini jalb qilish, talabalarni 1,5 yillik oʻqish uchun Yaponiyaga yuborish, viloyatning 15 ta maktabida yapon tilini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim sohasini rivojlantirish maqsadida «KEI Advanced and Digital Knowledge» kompaniyasi tadqiqot missiyasining Surxondaryoga tashrifini 2024 yil fevral oyida tashkil etish hamda JICA mablagʻlari va koʻmagini jalb qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid