Surxondaryo viloyatida Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari davom etmoqda
Barcha soha singari kadastr sohasida xam hozirda kadastr yigʻma jildlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirib borilmoqda, Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024 yilni “Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va ularni…
Barcha soha singari kadastr sohasida xam hozirda kadastr yigʻma jildlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirib borilmoqda, Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024 yilni “Arxiv hujjatlarni raqamlashtirish va ularni hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼtirof etildi, shu munosabat bilan Respublikamizning barcha viloyatlarda ishchi guruh tashkil etilib, tuman (shahar) filiallarida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan kadastr yigʻma jildlarini mavjudlik holatini oʻtkazish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Shu jumladan Surxondaryo viloyatimizda xam 4ta tuman filiallarida idoraviy arxivida saqlanayotgan koʻchmas mulk obʼektlarining kadastr yigʻma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish va ularni hisobga olish boʻyicha reja-grafigi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Reja-grafikka asosan Surxondaryo viloyati idoraviy arxiv saqlovuda jami 590 935 ta kadastr yigʻma jild hujjatlari mavjud boʻlib, shundan 506 233 ta turar joy obʼektlari, 38 751 ta noturar joy obʼektlarini tashkil etadi huquqiy hujjatlari mavjud obʼektlar borligi koʻrsatilgan.
Mazkur buyruqning 1-ilovasidagi reja-grafik ijrosini taʼminlash maqsadida filiallar joylashuvi, hujjatlar soni, ish hajmi va ichki imkoniyatlarini inobatga olgan holda boshqarmaning buyrugʻi asosida filiallardagi maʼmuriy boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarini jalb qilgan holda ishchi guruhlari tashkil etildi. Barcha tuman (shahar) filiallar idoraviy arxivlarida saqlanayotgan koʻchmas mulk obʼektlarining kadastr yigʻmajildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlarini sifatli olib borishlari uchun ishchi guruhlariga yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Idoraviy arxiv filiallarida faoliyat yuritayotgan arxiv ishi muhandislari Davlat kadastrlari palatasining 2023-yil 20-iyuldagi tegishli xatiga asosan “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasining viloyatlar arxiv ishi bosh mutaxassislari va tuman (shahar) filiallari arxiv muhandislarining malakasini oshirish 2023 yil 24-iyuldan 8-avgustgacha ikki smenada,Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida (10) kun ichida malakasini oshirib oʻz sohasi qanchalik murakkabligi, javobgarligi Masʼuliyatliligi boʻyicha bilimini oshirib keldi .Oʻqish jarayonida olingan bilimlar va uslubiy qoʻllanmaga asosida barcha tuman (shahar) filial arxiv ishi muhandislari oʻz filiallarida ishlarni mukammal tashkil yetishgan.
Idoraviy arxiv xonalarda mavjud har bir kadastr yigʻma jildlarini raqamlash, muhrlash va skaner qilingan hujjatlarni “Next Cloud” electron tizimiga yuklash hamda barcha oʻrganilgan hujjatlarni namuna ilovasiga muvofiq toʻliq maʼlumotlarni kiritib elektron koʻrinishida saqlagan holda ishlar olib borilmoqda.Surxondaryo viloyati boʻyicha bugungi kunga qadar 100 000 ta yaqin hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilgan.