Surxondaryo viloyatida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan Q.M. fuqaro A.A.ga hech qanday…
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan Q.M. fuqaro A.A.ga hech qanday hujjatsiz 31 turdagi dori vositalarini13,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tadbir davomida Q.M. tomonidan omborxona sifatida foydalanib kelingan Termiz shahri “Maʼrifat” mahallasi hududidagi xonadon koʻzdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelingan 763 turdagi umumiy bahosi 1,2 mlrd soʻmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari hamda 182 quti kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.