Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryoda 2022-yil davomida qancha Koʻchmas mulklar davlat roʻyxatidan oʻtgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabardagi “Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 1060-son qarori…

Surxondaryoda 2022-yil davomida qancha Koʻchmas mulklar davlat roʻyxatidan oʻtgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
29 dekabardagi “Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1060-son qarori asosida 2022 yil davomida  Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 60 ming 115 ta buyurtmalar (arizalar) kelib tushgan. Shundan, 910 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 15 ming 616 tasi rad etilgan, 259 tasi jarayonda, 3 ming 6 tasi toʻlov jarayonida, 40 ming 324 tasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kelib tushgan buyurtmalar tahlil qilinganda 7 ming 394 tasi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino-inshootlar, 7 ming 363 tasi koʻp qavatli uylarda joylashgan kvartiralar, 27 ming 091 tasi yakka tartibdagi uy-joylar, 15 ming 848 tasi jismoniy shaxslarga shuningdek, tabdirkorlik va shaharsolik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalari tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
07 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4819-sonli qarori bilan 2021-yil 01-maydan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolati palataning tuman (shahar) filiallaridan viloyat boshqarmasi vakolatiga oʻtkazilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 03 avgustdagi “Jahon banki ishtirokida “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2571-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi  Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 07 sentyabrdagi “Er hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6061-sonli Farmoni hamda 2021 yil 24 fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini hisobga qoʻyish va unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr-integratsiyalashtirilgan UzCAD axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyatida 2021 yil 1 yanvar holatiga tuzilgan Milliy yer hisobotida viloyat boʻyicha jami 2 009 991 gektar yer mavjud boʻlib, shundan yer toifalari boʻyicha

Surxondaryo viloyatida 2021 yil 1 yanvar holatiga tuzilgan Milliy yer hisobotida viloyat boʻyicha jami 2 009 991 gektar yer mavjud boʻlib, shundan yer toifalari boʻyicha

– qishloq xoʻjaligi yerlari 1 356 179 gektar,

– aholi punkti yerlari 11 328 gektar,

– sanoat transport, mudofaa, aloqa yerlari 110 145 gektar,

– tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar 194 gektar,

– tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlar 517 gektar,

– oʻrmon fondi yerlari 325 165 gektar,

– suv fondi yerlari 24 020 gektar,

– zaxira yerlar 182 364 gektarni tashkil qiladi.

Tizimga kiritilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini 2021 yil 01 yanvar holatiga taqdim etilgan Yer hisoboti (balansi) bilan taqqoslanganda quyidagilar aniqlandi:

Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr- integratsiyalashtirilgan axborot tizimiga 50 717 ta foydalanuvchiga tegishli 1 120 585 gektar (84 %) yer maydoni tizimga kiritildi.

Shundan,

47 687 ta foydalanuvchiga tegishli 1 028 636 gektar (94%) yer maydoni huquqiy hujjatlar asosida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi,

2 865 ta foydalanuvchiga tegishli 87 194 gektar (5.9%) yer maydoni egalari foydalanuvchi sifatida hisobga olindi, 165 ta foydalanuvchiga tegishli 4 755 gektar yer maydoni topografik maʼlumotlari shakllantirilib dasturga kiritildi.

            2022 yil oʻtgan davr mobaynida Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr-integratsiyalashtirilgan UzCAD axborot tizimi orqali quyidagilar yangidan yoki qayta roʻyxatga yohud hisobga olindi.

            (soni dala konturlari va lotlardan kelib chiqib hisoblangan)

Yerlarning kichik toifalari boʻyichaSoniYer maydoni (ga)
Ariq, zovur, kollektorlar47408,4
Avtomobil yoʻllari2132350,9
Davlat qoʻriqxonalari yerlari123805,9
Davlat zaxira yerlari24178127,5
Dehqon xoʻjaligi15254,0
Dehqon xoʻjaligi (auktsion)311737173,6
Fermer xoʻjaligi444679751,1
Fermer xoʻjaligi (auktsion)123014663,9
Ipak va jun sanoati yerlari276281646,9
Kanallar va betonkanallar30598,2
Korxonalarning qishloq xoʻjaligi yerlari186179721,3
Oʻrmon xoʻjaligi90307508,5
Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklari yerlari57859,8
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar356609,2
Suv omborlari49365,0
Yakka tartibda bogʻdorchilik, sabzavotchilik, issiqxona va chorvachilikni yurituvchi fuqarolarning yerlari10054,3
Yordamchi qishloq xoʻjaliklarining yerlari4712035,2
Zaxiradagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi314238949,8
JAMI429281043683,5

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi S.Shaymardanov          

Mavzuga oid