Surxondaryoda 2023 yil davomida 2218 nafar jismoni va yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik jazolari qoʻllanilgan.
Viloyatimizda yerlarning talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish yuzasidan samarali ishlar olib borildi. Bu sohadagi gʻayriqonuniy holatlarga qarshi qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. 2023 yil davomida amalga…
Viloyatimizda yerlarning talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish yuzasidan samarali ishlar olib borildi. Bu sohadagi gʻayriqonuniy holatlarga qarshi qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. 2023 yil davomida amalga oshirilgan yer nazorat tadbirlari chogʻida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklarda
milliy qonunchiligimizning qaysi normalari koʻproq buzilishi aniqlangan?
Yakunlangan yilning oʻtgan davrida nazoratchilarimiz yer va kadastr sohasiga oid 2 ming 222 ta yer qonun buzilish holatlarini aniqlashdi,
- Duch kelingan maʼmuriy huquqbuzarlikning eng koʻpi yaʼni 1006 tasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun
oʻz vaqtida murojaat etmaslik sababli kelib chiqqan.
568 tasida yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish,
162 tasida yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish,
21 tasida chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish holatlari aniqlangan.
432 huquqbuzar oʻzboshimcha egallagan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirgan boʻlsa,
29 tasi sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan.
Mutaxassislar viloyatda yer bilan bogʻliq qonun buzilishlarni nazorat qilish barobarida umummilliy boylikni oʻzboshimcha egallamaslik va maqsadsiz foydalanmaslik, tegishli hujjatlarsiz qurilish ishlarini amalga oshirmaslik yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini ham olib borishdi. Oʻtgan yil viloyatda yer munosabatlari bilan bogʻliq qonun buzilishlar yuzasidan 2218 nafar yuridik
va jismoniy shaxsga maʼmuriy javobgarlik jazosi qoʻllanilgan.
Muhim eslatma! Shu oʻrinda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlaridan yer va suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanish, uni asrab avaylash, kelajak avlod uchun bus-butun saqlash, yer
qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymasliklarini yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz.
Zero, qoununga koʻra yer qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan jismoniy va yuridik shaxslar maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.