Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryoda 2024-yilning 01 iyul kuniga qadar 15 ming 878 ta yer uchastkalari va koʻchmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berildi

Bugungi kunda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilib, tizimga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir…

Surxondaryoda 2024-yilning 01 iyul kuniga qadar 15 ming 878 ta yer uchastkalari va koʻchmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berildi

Bugungi kunda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilib, tizimga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron koʻrinishda qabul qilinib ijrosi taʼminlanadi.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida koʻchmas mulk obʼektlariga kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami 15 878 ta kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan arizalar kelib tushgan. Shundan 394 tasi huquqiy xujjatlarini asli taqdim etilmaganligi sababli DXM tomonidan bekor qilindi, 4 812 tasi nizoli holatlar borligi, kursatilgan yer maydoni kishlok xoʻjaligi suvli yer maydonida turganligi, Oldi sotdi shartnomada manzil notoʻgri kursatilganligi, sababli rad etildi, 259 tasiga texnik xodimlari tayinlangan, 364 tasi toʻlovi kutilmoqda, 10 012 tasi yakunlangan. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng koʻp murojaat viloyatning Termiz shahri aholisidan kelib tushgan boʻlib, murojaatlar 2 584 tani tashkil qilgan.
Kadastr hujjatlarini tayyorlash hududlar kesimida tahlil qilinganda, Termiz shahrida 2 584 ta, Angor tumanida 822 ta, Bandixon tumanida 248 ta, Boysun tumanida 309 ta, Denov tumanida 1 972 ta, Jarqoʻrgʻon tumanida 849 ta, Muzrabot tumanida 637 ta, Oltinsoy tumanida 308 ta, Qiziriq tumanida 409 ta, Qumqoʻrgʻon tumani 1 427 ta, Sariosiyo tumanida 1 522 ta, Sherobod tumanida 700 ta, Shoʻrchi tumani 1 270 ta, Termiz tumani1 716 ta va Uzun tumanida 805 ta yer uchastkalari hamda koʻchmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan», – deydi Boshqarma matbuot xizmati rahbari B.Safarov

Mavzuga oid