Surxondaryoda avtomobil yoʻllariga kadastr pasporti tayyorlanmoqda
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda jami 57 916 ta koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shundan 26 035 ta yakka…
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda jami 57 916 ta koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shundan 26 035 ta yakka tartibdagi turar joylar, 7 010 ta koʻp qavatli uylardagi xonadonlar, 15 455 ta yer uchastkasi hamda 7 038 ta noturar koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Bundan tashqari, Davlat rahbarining 2022 yil 12 apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi “Er uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq boshqarma tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiga qarashli viloyat hududidan oʻtgan umum foydalanishdagi Avtomobil yoʻllari xatlovdan oʻtkazildi. Tegishli tartibda ushbu Avtomobil yoʻllariga Kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda.
– Hozirga qadar Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi 2 ming 843 kilometr Avtomobil yoʻli xatlovdan oʻtkazildi, – deydi viloyat boshqarmasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi A.Xolboyev. – Ularga Kadastr pasporti tayyorlanib, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.