Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryoda bir hafta ichida kadastrga nechi kishi murojaat qilgani maʼlum boʻldi

Eng koʻp murojaat Denov tumanidan kelib tushgan boʻlib, murojaatlar soni 17 tani tashkil etadi. Surxondaryoda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va filiallarga 12-16 dekabr kunlarida jami 139 ta murojaatlar kelib…

Surxondaryoda bir hafta ichida kadastrga nechi kishi murojaat qilgani maʼlum boʻldi

Eng koʻp murojaat Denov tumanidan kelib tushgan boʻlib, murojaatlar soni 17 tani tashkil etadi.

Surxondaryoda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va filiallarga 12-16 dekabr kunlarida jami 139 ta murojaatlar kelib tushgan.

Taʼkidlash kerakki, murojaatlarning aksariyati Kadastr hujjatini rasmiylashtirish masalasida. Eng koʻp murojaat Denov tumanidan kelib tushgan boʻlib, murojaatlar soni 17 tani tashkil etadi.

“Ularni hududlar kesimida koʻradigan boʻlsak Viloyat boshqarmasiga 25 ta Termiz shahri 13 ta, Angor tumani 5 ta, Bandixon tumani 7 ta , Boysun tumani 2 ta, Denov tumani 17 ta, Jarqoʻrgʻon tumani 8 ta, Qiziriq tumani 7 ta, Qumqoʻrgʻon tumani 10 ta, Muzrabot tumani 6 ta, Oltinsoy tumani 7 ta, Sariosiyo tumani 5 ta, Termiz tumani 9 ta, Uzun tumani 4 ta, Sherobod tumani 10 ta, Shoʻrchi tumani 4 ta sohaga doir murojaatlar kelgan” — deydi Boshqarma axborot xizmati rahbari Behruz Safarov.

Murojaatlarning 93 tasi soha xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan. Qoʻshimcha qilinishicha, viloyat boshqarmasi va uning tuman shahar filiallariga soʻrovnomalar, yer uchastkasi ajratish, nizoli holatlar, Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalarida murojaatlar kelib tushgan.

Mavzuga oid