Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryoda eksport uzluksiz davom ettirilmoqda

Pandemiya davrida mamlakatimizda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi, fuqarolarimizning ijtimoiy himoyasi hamda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash borasida ulkan islohotlar olib borilmoqda. Jumladan,…

Surxondaryoda eksport uzluksiz davom ettirilmoqda


Pandemiya davrida mamlakatimizda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi, fuqarolarimizning ijtimoiy himoyasi hamda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash borasida ulkan islohotlar olib borilmoqda.
Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2020 yil 5 iyundagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005 sonli Farmoniga imzo chekdilar.
Farmon bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish, bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, “qogʻozsiz va elektron bojxona”ning mantiqiy davomi va rivojlanishi boʻlgan “raqamli bojxona”ni shakllantirish, bojxona ishi sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish maqsadida qabul qilindi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va Davlatimiz tomonidan eksportga qaratilayotgan eʼtibor oʻz samarasini bermoqda. Xususan, joriy yilning 6 oyi davomida Surxondaryo viloyatidan roʻyxatdan oʻtgan hududiy va tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 82,4 million AQSh dollariga teng boʻlgan 118,6 ming tonna tovarlar eksporti amalga oshirilgan.
Eksport qilingan mahsulotlar asosan quyidagilarga toʻgʻri keladi:

  • Ip –kalava mahsuloti eksporti 29,3  million AQSh dollar (umumiy eksportning 35,5 foizi);
  • Loviya mahsuloti mahsuloti eksporti 13,7  million AQSh dollar (umumiy eksportning 16,6 foizi);
  • Mosh mahsuloti eksporti 5,5  million AQSh dollar (umumiy eksportning 6,7 foizi);
  • Karam mahsuloti eksporti 4,9  million AQSh dollar (umumiy eksportning 5,9 foizi);
  • Piyoz mahsuloti eksporti 4,5  million AQSh dollar (umumiy eksportning 5,5 foizi);
  • Kukat mahsuloti eksporti 4,2  million AQSh dollar (umumiy eksportning 5,1 foizi);
  • Pomidor mahsuloti eksporti 2,9  million AQSh dollar (umumiy eksportning 3,5 foizi).

Shundan viloyatdan eksport qilingan meva –sabzavot mahsulotlari eksporti 39,0 million AQSh dollarni tashkil etadi.
Joriy yilning 6 oyi mobaynida viloyatdan eksport qilingan mahsulotlar borgan asosiy mamlakatlar:

  • Xitoy Xalq Respublikasiga 26,2 million AQSh dollari miqdorida (umumiy eksportning 32,0 foizi);
  • Afgʻoniston Islom Respublikasiga 19,5 million AQSh dollari miqdorida (umumiy eksportning 23,7 foizi);
  • Rossiya Federatsiyasiga 12,7 million AQSh dollari miqdorida (umumiy eksportning 15,4 foizi)
  • Pokiston Islom Respublikasiga 10,0 million AQSh dollari miqdorida (umumiy eksportning 12,1 foizi);
  • Qirgʻiziston Respublikasiga 4 million AQSh dollari miqdorida (umumiy eksportning 4,8 foizi).
    Mazkur ijobiy oʻsishlarga viloyat bojxona boshqarmasi ham oʻz hissani qoʻshmoqda. Hozirda, boshqarmaning “Termiz”, “Denov”, “Jarqoʻrgʻon”, “Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi kunning istalgan vaqtida qisqa fursatlarda karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Tovarlarning bojxona rasmiylatiruvi uchun xujjatlar elektron tarzda onlayn bojxona postlariga joʻnatilmoqda. Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimi orqali bojxona yuk deklaratsiyalari yashil, sariq va qizil yoʻlaklarga yoʻnaltirilmoqda. Eksport tovarlar yashil va sariq yoʻlaklarga yoʻnaltirilib tez fursatlarda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilmoqda.
Bundan tashqari, viloyat bojxona boshqarmasi rahbariyati va bojxona postlari tomonidan doimiy tarzda “Bojxonachi – tadbirkor tayanchi” shiori ostida, tadbirkorlar bilan telefon orqali hamda masofadan turib muloqotlar oʻtkazilib, vakolat doirasida amaliy yordam koʻrsatilayapti.

Mavzuga oid