Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryoda Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi oʻzgarishlar yuzasidan manzilli targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda

Termiz shahrining “Turon” mahallasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati va Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh…

Surxondaryoda Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi oʻzgarishlar yuzasidan manzilli targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda

Termiz shahrining “Turon” mahallasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati va Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi.

Ushbu davra suhbatida Mahalla raislari va fuqarolarga aholi orasida Kadastr sohasida aholining saviyasini oshirish, uy joylarni rasmiylashishdagi korruptsiya holatlari boʻlganda ishonch telefonimizga qoʻngʻiroq qilishlari boʻyicha tushunchalar berilib, Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi oʻzgarishlar yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi 803-sonli qonuni “KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh “ toʻgʻrisidagi qonunining mazmun mohiyati, maqsadi hamda printsiplari yuzasidan tushunchalar berilib fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Mavzuga oid