Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryoda korruptsion holatlar kamaymoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyat hududiy Kengashi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun brifing oʻtkalildi Hududiy kengash raisi oʻrinbosari Abdukarim Axmedov axborotlar taqdim etarkan, viloyatdagi boshqarma,…

Surxondaryoda korruptsion holatlar kamaymoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyat hududiy Kengashi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun brifing oʻtkalildi

Hududiy kengash raisi oʻrinbosari Abdukarim Axmedov axborotlar taqdim etarkan, viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarda olib borilayotgan ishlar hududiy Kengash yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinib, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yoʻl qoʻygan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilayotgani taʼkidlandi.
Hisobot davrida hududiy Kengashning 10 ta hisobot yigʻilishlari, 8 ta sayyor yigʻilishlar oʻtkazilib, unda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jami 14 ta hududiy davlat organlarining hisobotlari eshitildi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi aʼzolari tomonidan viloyat hududida, ayniqsa, korruptsiyaviy holatlar koʻpaygan soha va tashkilotlarda davra suhbatlari, targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi boʻyicha OAVlarida keng yoritib borilmoqda.
“Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni”ga bagʻishlab, Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan Aksilkorruptsiya haftaligi doirasida hududiy Kengash aʼzolari va keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda har yil dekabr oyida “Korruptsiya rivojlanishimizga toʻsiq” hamda yoshlar oʻrtasida “Korruptsiyaga yoʻq deylik” va “Yoshlar korruptsiyaga qarshi” shiorlari ostida jami 35 ta targʻibot tadbirlari va aktsiyalar oʻtkazildi.
Shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalarning kirish qismi va ichki yoʻlaklariga, yaʼni koʻzga tashlanadigan joylarga 4500 dan ortiq pano, banner va flayerlar ilindi. Bundan tashqari, aholi gavjum joylar, magistral yoʻllar, markaziy koʻchalar hamda bozorlar atrofida joylashgan reklama ustunlariga korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha 100 dan ortiq targʻibot materiallari joylashtirildi
Bu borada hududiy Kengashi aʼzolari huquq tartibot idoralari vakillari bilan birgalikda yoshlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, keng aholi vakillarini jalb etgan holda joriy yilda 200 dan ortiq turkum tadbirlar va ochiq muloqotlar tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.

Sohalar va tarmoqlarda korruptsiyaga sabab boʻlayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha viloyat “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashi bilan hamkorlikda “Surxondaryo viloyatini korruptsiyadan holi hudud”ga aylantirish boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Birifinda qayd etildiki, keyingi yillarda Respublika miqyosida olib borilayotgan shu kabi samarali va tizimli ishlar natijasida korruptsiyaga qarshi kurash sohasida mamlakatimizda bir qator ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanmoqda.
Binobarin, korruptsiyaga qarshi kurashishi boʻyicha xalqaro yillik reytingda Oʻzbekiston Respublikasi sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishib kelmoqda. Chunonchi, dunyoning 180 ta mamlakatlari orasida har yili oʻtkazilgan reytingda 2016 yilda 21 ball bilan 156 oʻrinda qayd etilgan boʻlsa, 2022 yilda 31 ball bilan 30 pogʻonaga koʻtarilib, 126 oʻringa chiqdi.
2023 yil yakuni boʻyicha oʻtkazilgan soʻnggi tadqiqotga koʻra, Oʻzbekiston 33 ball bilan yana 5 pogʻona koʻtarilib, 121 oʻrinni egalladi. Bu oʻtgan yilga qaraganda Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash biroz yaxshilanganini koʻrsatadi.

Viloyat xududiy kengashi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 6 oyi mobaynida korruptsiyaga oid jinoyatlar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamayishiga erishildi.
Xususan, 2023 yil 6 oyi mobaynida 242 ta jinoyat ishi boʻyicha 341 nafar shaxslar tomonidan korruptsiyaga oid jinoyatlar sodir etilgan boʻlsa, 2024 yilning 6 oyida esa jami 117 ta jinoyat ishi boʻyicha 137 nafar shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan jinoyatlar soni 125 taga, jinoyatlar sodir etganlar shaxslar soni esa 204 nafarga, yaʼni ikki baravardan ziyodga kamayganligini koʻrsatmoqda.

Oʻtgan yili umumxalq referendumida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari sifatida korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitish belgilanganligi ham mazkur illatga qarshi kurashish borasidagi ijobiy oʻzgarishlar uchun mustahkam zamin yaratadi.

“Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunning
15-moddasi ikkinchi qismida ommaviy axborot vositalarining korruptsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritib borish zarurligi qayd etilgan. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy immunitetni, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Kishilarning fikrini, dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy taʼlim va maʼrifatni takomillashtirish hamda fuqarolarning qonunni bilishi va unga amal qilishi ularning huquq va erkinliklarini taʼminlashga yordam beruvchi yetakchi kuch hisoblanadi.

Mavzuga oid