Surxondaryoda maktablarning kadastr maʼlumotlari UZKAD tizimi kiritilishi boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish…
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — UZKAD tizimi) koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri hamda koʻchmas mulk obʼektlari haqidagi maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilan edi Kadastr xodimlari tomonidan 2023 yilning 01 yanvar holati boʻyicha Surxondaryoda 57 ming 122 ta foydalanuvchiga tegishli yer maydonlarining 1 million178 ming 161 gektari Uz kad tizimiga kiritilib, elektron xaritasi yaratilgan edi. Joriy yilda Surxondaryodagi maktablarning kadastr maʼlumotlarini Uz kad tizimiga kiritish belgilangan.

– Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi maktablarning mavjud kadastr maʼlumotlarini mazkur tizimga kiritish ishlari boshlab yuborildi, – deydi Boshqarmaning matbuot kotibi Bexruz Safarov .

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatda 1 ming 176 ta umumtaʼlim maktab hamda uning filiallari mavjud boʻlib Uz kad tizimida mazkur maktablarning joylashgan manzillari, yer maydoni, maktabdagi binolar soni, yer fondi toifasi, kadastr raqami va shu kabi boshqa muhim maʼlumotlari joylashtiriladi. Kadastr xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obʼektlarini Uz kad tizimiga kiritilishi natijasida mazkur obʼektlarning elektron bazasi yaratilmoqda.