Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryoda “Nexia 3” bilan toʻqnashgan “Damas” jarlikka tushib ketdi

17 yoshli yoʻlovchi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga olib ketilgan. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Damas va Nexia 3 avtomashinalari toʻqnashdi. Tarmoqda tarqalgan videolarda bir necha kishi, jumladan yosh bola ham yerda…

17 yoshli yoʻlovchi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga olib ketilgan.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Damas va Nexia 3 avtomashinalari toʻqnashdi. Tarmoqda tarqalgan videolarda bir necha kishi, jumladan yosh bola ham yerda yotgani aks etgan.

Hodisa boʻyicha viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 23 iyul kuni soat 11:00 atrofida tumanning «Nilu» MFY hududidan oʻtgan 4R107 avtomobil yoʻlida 37 yoshli Damas haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan Nexia 3 mashinasiga urilgan.

Naijada Damas jarlikka tushib ketgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida uning 17 yoshli yoʻlovchisi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 

Mavzuga oid