Surxondaryoda prokuror pora olayotganda tezkor tadbirda ushlandi
Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori 10 ming dollar pora bilan qoʻlga olindi. U ushbu pul mablagʻini hududdagi MChJlardan biriga suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish bilan bogʻliq masalalarda koʻmaklashish…
Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori 10 ming dollar pora bilan qoʻlga olindi. U ushbu pul mablagʻini hududdagi MChJlardan biriga suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish bilan bogʻliq masalalarda koʻmaklashish evaziga olayotgan boʻlgan.
Surxondaryoda prokuror pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Unga koʻra, 29 iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori “ERS” MChJga suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish bilan boliq masalalariga koʻmaklashish evaziga firibgarlik yoʻli bilan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Shuningdek, 29 iyun kuni Bosh prokuratura hamda DXX xodimlari ishtirokida yana bir tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro U.X. (tadbirkor), “BDK” MChJ rahbari A.T.ga oʻzining tanishlari J.Sh. (sugʻurta markazi direktori) va Toshkent shahar prokuraturasi boʻlim katta prokurori orqali Jizzax viloyati ichki ishlar tergov organi ish yurituvidagi jinoyat ishi doirasida ijobiy ekspertiza xulosa olib berishga yordam berish evaziga 105 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Qayd etilishicha, tergov davomida prokuratura xodimining harakatlariga huquqiy baho beriladi.