Surxondaryoda reyd tadbirlari davom etmoqda
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Ichki ishlar organlari Yoʻl harakati xavsizligi xodimlari bilan hamkorlikda muqaddam yoʻl harakati qoidalarini buzib, jarimalarni oʻz vaqtida toʻlashdan boʻyin…
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Ichki ishlar organlari Yoʻl harakati xavsizligi xodimlari bilan hamkorlikda muqaddam yoʻl harakati qoidalarini buzib, jarimalarni oʻz vaqtida toʻlashdan boʻyin tovlagan qarzdorlarning avtotransport vositalarini aniqlash va qarzdorliklarni undirish borasida reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Viloyatda 15-noyabr kuni boshlangan reyd tadbirlari davomida jami 220 dan ortiq qarzdorlarga tegishli avtotransport vositalari aniqlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchalariga joylashtirildi.
Byuro organlari tomonidan noyabr oyining oʻtgan davri mobaynidaish yurituvga qabul qilingan mazkur toifadagi 5243 ta ijro hujjatlari yuzasidan 1 mlrd. 871 mln. soʻm qarzdorlik undirib olinishi taʼminlandi. Oʻz navbatida ushbu undirilgan pul mablagʻlarining teng yarmi kam taʼminlangan aholini qoʻllab quvvatlash maqsadida maxsus daftarlar jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Bu kabi reyd tadbirlar viloyat boʻylab davom ettirilmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyati boshqarmasi