Surxondaryoda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda
Mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan amalga oshirilayotgan koʻplab istiqbolli loyihalar ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan toʻldirish, yurtimiz eksport imkoniyatlarini kengaytirishning yangi istiqbollarini…
Mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan amalga oshirilayotgan koʻplab istiqbolli loyihalar ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan toʻldirish, yurtimiz eksport imkoniyatlarini kengaytirishning yangi istiqbollarini ochib bermoqda.
Oʻtgan davr mobaynida Surxondaryoda ham koʻplab yangi ishlab chiqarish tarmoqlariga asos solinib, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashga erishilmoqda.
Termiz shahrida faoliyat koʻrsatib kelayotgan «KOMFORT MEBEL SERVIS» masʼuliyati cheklangan jamiyati ish boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq.
Korxonada bankdan olingan 500 ming dollar kredit evaziga Germaniya, Italiya hamda Xitoy texnologiyasi asosida turli xildagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 5 mlrd soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilib, isteʼmolchilarga yetkazildi.
Hozirda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki bozorda talab juda katta.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari mazkur korxonada boʻlib, tadbirkorlarga baholash mezonlari, barqarorlik reytingida yuqori koʻrsatkichlarga erishishda soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning ahamiyati xususida atroflicha maʼlumotlar berishdi.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, viloyatda har bir tadbirkorlik subʼektiga korxonabay tizimi asosida soliq xodimi biriktirilgan boʻlib, ular korxonalarning muammolarini hal qilish, ishbilarmonlarga barqarorlik reytingida yuqori koʻrsatkichlarga erishishlariga yaqindan koʻmaklashmoqdalar.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati