Surxondaryoda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yil davomida qancha boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auktsionga chiqqanligi maʼlum boʻldi
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida jami 10 459 ta yaʼni 471,5 gektar boʻsh Yer uchastkalari aniqlanib “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar muhokamasiga kiritilgan. Ushbu “YERELEKTRON”…
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida jami 10 459 ta yaʼni 471,5 gektar boʻsh Yer uchastkalari aniqlanib “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar muhokamasiga kiritilgan.
Ushbu “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi kiritilgan yer maydonlarining 5 763 ta, yani 189,5 gektari auktsion savdolariga chiqarilib, shundan 623 tasi yani 33,3 gektar auktsion savdolari orqali sotilgan. Shundan Yer uchastkalarining 2 min 478 dan ziyodi mulk huquqi, 3 ming 258 ga yaqini ijara huquqi asosida sotilgan.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyatida 2023 yildagi rejalar Aholi uchun yer uchastkalarini sotish va auktsionga qoʻyish borasida yana qanday imkoniyatlar yaratildi? Shu kabi savollarga Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Yerlarni auktsionga chiqarish boʻlimi bosh mutaxassisi Shaxzot Begimqulov quyidagicha soʻzlab berdi.
– Joriy yil mobaynida Yerlarni auktsionga chiqarish boʻlimi tomonidan yerlarni kelishish, koʻrib chiqish, auktsionga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha monitoring va nazorat ishlari amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan hozirgi kunda 90 mingdan ziyod yer uchastkalari elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritildi. Shuningdek, ushbu qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomga asosan yakka tartibdagi turar joy qurish uchun esa 1 ming 500 ta yer uchastkalari “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritildi va 200 dan ortiq yer uchastkalarini auktsion savdosiga chiqarish choralari koʻrildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga joriy yilning 30 noyabr kuni holatida Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga xulosa berish, koʻrib chiqish muddatlari qisqartirildi.
Xususiylashtirish tizimida esa uy-joyni xususiylashtirish narxlari 20 barobardan viloyat markazlarida 10 barobarga, tumanlarda esa 5 barobarga qisqartirildi.
2023 yilda Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan tizimga oʻzgartirishlar kiritish kutilmoqda. Ushbu tizimda yangi uslubda qisqa muddatda yer uchastkalarini auktsion savdolariga chiqarish ishlarini jadallashtirish, 50 mingga yaqin yer uchastkalarini tizimga kiritish va savdoga chiqarish jarayonlari rejalashtirilgan.