SURXONDARYoDA TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Surxondaryoda 30 ming 803 ta tadbirkorlik subʼektining faoliyati barqarorlik reytingi…
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Surxondaryoda 30 ming 803 ta tadbirkorlik subʼektining faoliyati barqarorlik reytingi mezonlari asosida baholanib borilmoqda.
Bu korxonalarga korxonabay tizimi asosida viloyat soliq boshqarmasidan 48 nafar soliq inspektori biriktirilgan boʻlib, ular oʻzlariga biriktirilgan tadbirkorlik subʼektlariga soliq majburiyatlarini toʻgʻri va oʻz vaqtida bajarish, mavjud muammolariga yechim topish, shuningdek, barqarorlik reytingidagi darajasini oshirishda koʻmaklashib kelmoqda.
Termiz shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “BEK TERMIZ SERVICE DELIVERY” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan birgalikda ballar chegirilishiga sabab boʻlayotgan omillar koʻrib chiqilib, elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish, tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etish kerakligi tushuntirildi.
“ANGOR ISTIQBOL QFR” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan bevosita muloqotda ham yuqori ball olish imkonini beruvchi mezonlar, shuningdek, joylashgan joy oʻzgarishi, tadbirkorlik subʼekti rahbarining qoʻnimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab boʻlishi tushuntirildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati