Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryoda «Yaponiya-Oʻzbekiston texnologik universiteti» tashkil etiladi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahrida «Alpha Kokusai Gakuin» instituti rahbariyati hamda boshqa rasmiylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda oliy taʼlim tizimida oʻzaro…

Surxondaryoda «Yaponiya-Oʻzbekiston texnologik universiteti» tashkil etiladi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahrida «Alpha Kokusai Gakuin» instituti rahbariyati hamda boshqa rasmiylar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oliy taʼlim tizimida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida Termizda Alpha Kokusai Gakuin instituti bilan hamkorlikda “Yaponiya-Oʻzbekiston texnologik universiteti” faoliyatini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Unga koʻra, «Yaponiya-Oʻzbekiston texnologik universiteti»da «Alpha Kokusai Gakuin» instituti tomonidan 15 nafardan ortiq yapon mutaxassislari jalb qilinib, toʻliq Yaponiya standarti oʻquv dasturlari asosida qishloq xoʻjaligi, tibbiyot hamshirasi, stomatologiya, mehmonxona va servis, qurilish sohasi, avtomobilsozlik yoʻnalishlari tashkil etiladi. Universitet faoliyatini Termiz xalqaro savdo markazi hududida olib boradi.

Taʼlim davomiyligi 4 yil boʻlib, shundan dastlabki 2 yilda Termizda til va tanlangan yoʻnalish boʻyicha taʼlim beriladi, qolgan 2 yilda oʻqish Yaponiyada davom ettiriladi hamda talabalar oʻz sohasi boʻyicha korxonalarda ish haqi olib amaliyot oʻtaydi.

Shuningdek, tomonlar taʼlim, qurilish va arxitektura, sogʻliqni saqlash va telemeditsina yoʻnalishlarida yapon kompaniyalari bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.Delegatsiyamizning Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid