Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryodagi Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi

Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar Sariosiyo…

Surxondaryodagi Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi

Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash, kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish, Termizdan Istanbul, Fargʻona, Buxoro va Xorazmga reyslarni koʻpaytirish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, “Termiz – Toshkent” yoʻnalishida turistik vagon qoʻyiladi, “Sariosiyo – Toshkent” yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Taʼkidlanishicha, viloyatda 2,5 ming oʻringa ega 53 tagina mehmonxona bor, ularning yarmi Termiz shahrida joylashgan.
Kelgusi yilda viloyatga sayyohlar oqimini 3 barobar oshirish reja qilinayotgani bois, Surxondaryo tadbirkorlariga mehmonxona qurishga “yulduzi”dan qatʼi nazar subsidiya berilishi belgilandi.

Mavzuga oid