Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Surxondaryolik erkak oʻz bolasini shavqatsiz urdi

Ijtimoiy tarmoqda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda boʻlayotganligi haqida videoxabar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur videoxabardagi holatlar Surxondaryo viloyati…

Surxondaryolik erkak oʻz bolasini shavqatsiz urdi

Ijtimoiy tarmoqda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda boʻlayotganligi haqida videoxabar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur videoxabardagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan oʻrganilganida, holat Termiz shahrida sodir boʻlganligi aniqlandi.

Ushbu videoxabar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Mavzuga oid