Surxondaryolik yosh ijodkorga Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomashinasi topshirildi
Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga tashriflari chogʻida Termiz shahrida qurib bitkazilgan yangi koʻp qavatli uyga koʻchib oʻtgan Nazira Raximova xonadonida boʻlgan davlatimiz rahbari yolgʻiz ona hamda uning dalbindi Ruxshona…
Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga tashriflari chogʻida Termiz shahrida qurib bitkazilgan yangi koʻp qavatli uyga koʻchib oʻtgan Nazira Raximova xonadonida boʻlgan davlatimiz rahbari yolgʻiz ona hamda uning dalbindi Ruxshona bilan ham suhtalashdi. Samimiy muloqot chogʻida yosh ijodkor Ruxshona davlatimiz rahbariga yangi nashrdan chiqqan kitobini sovgʻa qildi. Oʻz navbatida bilimli, zukko, oqila, yuksak iqtidor sohibiga davlatimiz rahbarining mehri tushib, “Spark” avtomashinasi sovgʻa qilishini maʼlum qildi. Bugun Nazira Raximova xonadoniga keng jamaotchilik vakillari tashrif buyurishdi. Prezidentimiz sovgʻasini -“Spark” avtomashinasi tantanali topshirildi.
Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Saʼdullayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va boshqalar ishtirok etib, oʻzlarining dil soʻzlarini izhor etishdi. Taʼkidlangidek, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil va samarali amalga oshirilmoqda. Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, taklif va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, ularning intellektual va ijodiy faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlashga yuksak darajada eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida. Ruxshona Abdurazzoqova viloyatning Denov tumanida tugʻilib oʻsgan. Ikki yil muqaddam puxta bilim olish, oʻz iqtidorini toʻlaroq namoyon etish maqsadida onasi bilan Termiz shahriga koʻchib kelgandi. Ruxshonabonu hozirda Termidagi 1-son al-Hakim at-Termiziy nomidagi yosh fizik va matematiklar maktab internatida tahsil olamoqda. U oʻqib, oʻrganish barobarida mudom ijodiy izlanishda. Maqsad sari qatʼiy intilishi unga hamisha omad va zafar eshigini ochib bermodda. Bugunga qadar uning 2 ta kitobi nashrdan chiqqan. Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan koʻplab tanlovlar gʻolibi. Jumladan, 2018 yilda “Yosh kitobxon” respublika koʻrik-tanlovi viloyat bosqichida 10-14 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasida 1-oʻrinni egallab, respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashgan. 2019 yilda Afgʻoniston Islom Respublikasida boʻlib oʻtgan “Kangourou” nomli matematiklar festivalida Xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi. Uning shu kabi qator yutuqlari, alohida iqtidor va qobiliyati inobatga olinib, oʻtgan yili “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu yil esa Respublika “ittifoq” sardori degan yuksak sharafga muyassar boʻldi.