Tabiat qonun himoyasida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Er, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat…
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Er, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb koʻrsatilgan. Darhaqiqat oʻsimlik dunyosidan samarali foydalanish, undan foydalanishda barchaga teng imkoniyatlar yaratish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash mamlakatni iqtisodiy rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 11 yanvardagi 743-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 107 va 108-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida” gi qonuni qabul qilindi.
Qabul qilingan qonunga koʻra MJtK 107-moddasida, oʻsimliklar karantini obʼektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish yani oʻsimliklar karantini obʼektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yoʻq qilish chogʻida buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan oʻsimliklar karantini obʼektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini koʻrmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻz hududida oʻsimliklar karantini obʼektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan, fitosanitariya dala nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Shu bilan birga, ushbu kodeksning 108-moddasining nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi. Jumladan, 108-moddasida, karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish yani
karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish qoidalarini buzish.
Darhaqiqat, mazkur qonunning qabul qilinishi oʻsimlik dunyosidagi munosabatlarni tartibga solish, undan oqilona foydalanish, mamlakat iqtisodiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etib, yaqin yillarda mazkur oʻzgarishlar oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatishi shubhasizdir.
O.Normahmatov,
Surxondaryo viloyat sudi, jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayati raisi