Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda

Surxondaryoda soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.…

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda

Surxondaryoda soliq  xizmati  organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari Termiz shahrida faoliyat koʻrsatib kelayotgan «MAGNATE COLORS  PRODUCTS» masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 23 ta umumiy mezon, shuningdek, joylashgan joy oʻzgarishi, tadbirkorlik subʼekti rahbarining qoʻnimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab boʻlishi tushuntirildi.

Mazkur korxonaga Xitoy davlatidan tashqi (fasad) boʻyoq mahsulotlari hamda Turkiya  davlatidan quruq aralashma, rotband va maxsus qurilish yelimi kabi koʻplab qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan zamonaviy texnologiyalar olib kelingan boʻlib, hozirda bu yerda 40 turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Korxona tomonidan 2023 yilning yanvar-iyun oylarida  289 tonna 4 mlrd  350 mln  soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan boʻlsa,  joriy  yilning  mos davrida 650 tonna  9 mlrd  150 mln  soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Soliq xodimlarining navbatdagi manzili Termiz shahrida faoliyat koʻrsatib kelayotgan «MLK DEKOR» masʼuliyati cheklangan jamiyati boʻldi. Bu yerda ham  tadbirkorlarga barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati tushuntirilib, soliq sohasiga oid barcha savollarga oydinlik kiritildi.

Ushbu  korxonada ham xorijiy texnologiyalar asosida qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Manzilli targʻibot tadbirlari davomida shunga amin boʻldikki, tadbirkorlik subʼektlariga berilayotgan keng imkoniyalar, xususan soliq imtiyozlari va yengilliklar joylarda ishlab chiqarish korxonalarining ortishi va ishbilarmonlar safining kengayishiga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi  Matbuot xizmati

Mavzuga oid