Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida faoliyat koʻrsatib kelayotgan «BRIGHTLY MEGA WATER» masʼuliyat cheklangan jamiyati 2017 yilda oʻz faoliyatini boshlagandi. Dastlab, 10 turdagi salqin ichimliklar ishlab chiqarilgan boʻlsa,…

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida faoliyat koʻrsatib kelayotgan «BRIGHTLY MEGA WATER» masʼuliyat cheklangan jamiyati 2017 yilda oʻz faoliyatini  boshlagandi.

Dastlab, 10 turdagi salqin ichimliklar ishlab chiqarilgan boʻlsa, bugunga kelib korxonada 30 turga yaqin salqin ichimliklar ishlab chiqarilmoqda.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 ming tonnani tashkil etadi.

Eʼtiborli tomoni bu yerda ishlab chiqarilayotgan salqin ichimliklarga ichki bozorda talab tobora ortib bormoqda.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari mazkur korxonada boʻlishib, tadbirkorlarga baholash mezonlari, barqarorlik reytingida yuqori koʻrsatkichlarga erishishda soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning ahamiyati, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarga qoʻllaniladigan imtiyozlar va yengilliklar haqida batafsil maʼlumotlar berishdi.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, Surxondaryoda har bir tadbirkorlik subʼektiga biriktirilgan soliq xodimlari korxonalarning muammolarini hal qilish barobarida ularning barqarorlik reytingida yuqori koʻrsatkichlarga erishishlarga ham yaqindan koʻmaklashmoqdalar.

Mavzuga oid