Tadbirkorlarga faoliyatlari qanday tartibda baholanishi tushuntirilmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida Termiz shahridagi bir qancha…
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida Termiz shahridagi bir qancha umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalarida boʻlishdi.
Unda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezonlar, shuningdek, joylashgan joy oʻzgarishi, tadbirkorlik subʼekti rahbarining qoʻnimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab boʻlishi tushuntirildi.
Tadbirkorlik subʼekti xodimlarining umumiy sonida «Yagona ijtimoiy reyestr», «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan va nogironligi boʻlgan shaxslar ulushi 10 % va undan yuqori boʻlganda qoʻshimcha ballar berilishi taʼkidlab oʻtildi.
Shu oʻrinda aytib oʻtish kerakki, tadbirkorlik subʼektlari, shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam tarzda kuzatib borishlari, qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil maʼlumot olishlari mumkin.
Baholash mezonlari soliq toʻlovchi tomonidan tegishli oʻzgarishlar kiritilishi bilan onlayn yangilanib boriladi.