Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Tafakkurning tolmas qanoti

Har bir soha rivoji fikr doirasi keng maʼrifatli kishilarga bogʻliq. Mutolaa esa maʼrifatning asosini tashkil etadi. Shu bois har birimiz qaysi sohada ishlashimizdan qatʼiy nazar mutolaani kundalik odatga aylantirmogʻimiz va…

Har bir soha rivoji fikr doirasi keng maʼrifatli kishilarga bogʻliq. Mutolaa esa maʼrifatning asosini tashkil etadi. Shu bois har birimiz qaysi sohada ishlashimizdan qatʼiy nazar mutolaani kundalik odatga aylantirmogʻimiz va doimiy tarzda oʻzimizni isloh qilib bormogʻimiz lozim.
Ayni shu maqsadda Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning yetakchi nashrlari tomonidan chop etilgan turli adabiyotlar, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyoti durdonalari oʻrin oldi.

  • Shaxsiy kutubxonamda 400 dan ortiq kitoblar bor, – deydi davlat soliq boshqarmasi xodimi Toʻramurod Misirov. – Kuniga hech boʻlmaganda bir necha oʻn sahifa mutolaa qilaman. Har oylik maoshimdan kitob xarid qilishni odat qilganman. Baʼzan ishdan ortib, doʻkonga borishga vaqt topolmayman. Aynan mana shunday paytlarda boshqarmamizda doimiy tarzda tashkil etib kelinayotgan kitoblar yarmarkasi juda qoʻl kelmoqda.
    Quvonarlisi, savdoga qoʻyilgan kitoblarning aksariyati oʻz egalarini topdi. Kichik tadqiqotimiz natijasida maʼlum boʻldiki, sotilgan kitoblarning katta qismini badiiy adabiyotlar tashkil etar ekan. Bu esa soliq xodimlari asosan raqamlar va hisob-kitoblar asosida ish yuritsada, badiiy adabiyotning muxlisi ekanligidan dalolatdir.
    Atoqli adibimiz Oybek taʼrificha, kitob – tafakkurning tolmas qanoti. Kitobxonlik esa kishining yangi qirralarini kashf etuvchi va mudroq imkoniyatlarini ishga soluvchi sehrli kuchdir.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Mavzuga oid