Tanlov: “Men pazanda qizman”
Angor tumanidagi 27-sonli umumtaʼlim maktabda “Men pazanda qizman” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Unda maktabning 8 nafar oʻquvchi-qizlari oʻrtasida koʻrik-talov oʻtkazildi. Koʻrik-tanlovni oʻtkazishdan maqsad qizlarning pazandalik…
Angor tumanidagi 27-sonli umumtaʼlim maktabda “Men pazanda qizman” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Unda maktabning 8 nafar oʻquvchi-qizlari oʻrtasida koʻrik-talov oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovni oʻtkazishdan maqsad qizlarning pazandalik borasidagi qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazish, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirish qolaversa, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Tanlovda maktabning 9-sinf oʻquvchi-qizlari ishtirok etishdi. Qatnashchilar 5ta shart boʻyicha bellashib, oʻzlarining bor iqtidorlarini namoyon qilishdi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, 27-sonli umumtaʼlim maktabida 262 nafar oʻquvchilar tahsil olishadi. Ularning 102 nafarini qizlar tashkil etadi.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, Marjona Asadullayev, Muxlisa Raimova, Dildora Xolboyeva gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
Tanlovda gʻolib boʻlgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, tadbirni tashkillashtirishda faollik koʻrsatgan oʻqituvchi Barno Qayumovaga maktab maʼmuriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
Gavxar Jumayeva