Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Telegram’da oʻzidan katta ayolning behayo rasmlarini tarqatish bilan qoʻrqitgan yigit ushlandi

Telegram messenjerida 26 yoshli ayolning behayo rasmlarini kanallarda tarqatish bilan qoʻrqitgan yigit qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar qildi. Surxondaryo viloyatining Angor…

Telegram’da oʻzidan katta ayolning behayo rasmlarini tarqatish bilan qoʻrqitgan yigit ushlandi

Telegram messenjerida 26 yoshli ayolning behayo rasmlarini kanallarda tarqatish bilan qoʻrqitgan yigit qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar qildi.

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 26 yoshli (ayol) F.N. ariza bilan murojaat qilib, Telegram’da “Ravshan” nomli profil egasi, F.N.ning turli foto-suratlari va behayo tasvirlarini internet orqali tarqatish bilan qoʻrqitgan. Ayol u rasmlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi 22 yoshli V.E. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan V.E. jabrlanuvchi ayolga Telegram orqali oʻzini “Ravshan” deb tanishtirib, uni yaxshi koʻrib qolganini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uni ishonchiga kirgan. U ayolning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qoʻlga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan va tarqatmaslik evaziga 3 million soʻm pul talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, V.E.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid