Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berildi

Bugun, joriy yilning 18 oktyabr kuni taxminan soat 08:47 da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi – Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan (yo‘l belgilari va signalizatsiyasi o‘rnatilgan) temir yo‘l kesishmasida shaharlararo…

Temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berildi


Bugun, joriy yilning 18 oktyabr kuni taxminan soat 08:47 da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi – Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan (yo‘l belgilari va signalizatsiyasi o‘rnatilgan) temir yo‘l kesishmasida shaharlararo poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay Spark rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Mazkur holat avtomashina haydovchisi tomonidan «Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish» qoidasini qo‘pol ravishda buzgani sabab bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida teplovoz biroz shikastlangan, biroq poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan. Spark avtomashinasining haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.

Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan esa voqea hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Mavzuga oid