Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari, Biznes ombudsmanning viloyatdagi vakili hamda faol tadbirkorlar ishtirokida TISU talabalari uchun mahorat darsi tashkil…
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari, Biznes ombudsmanning viloyatdagi vakili hamda faol tadbirkorlar ishtirokida TISU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Unda tadbirkorlarning yurt rivoji va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashdagi muhim oʻrni, mamlakatimizda ishbilarmonlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilayotgan keng imkoniyatlar xususida soʻz bordi.
Yigʻilganlarga Prezidentimizning 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
“Surxondaryo obi hayot” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Eshqora Eshqorayev tadbirkorlikdagi eng muhim va birlamchi mezon – halollik ekanligini taʼkidlab, “Halollik bor joyda baraka boʻladi. Barqarorlik reytingi esa tadbirkorlar faoliyatini baholovchi, soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarishga undovchi dasturilamal” – deya qayd etdi.
Shuningdek, talabalarga oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishdan oldin tadbirkorlik faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishish, biznes rivojida huquqiy savodxonlikning muhim ahamiyati tushuntirib oʻtildi.