Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan oʻta xavfli retsidivist ozodlikdan mahrum etildi
Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan oʻta xavfli retsidivist ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi. 1975 yilda tugʻilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan boʻlishiga…
Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan oʻta xavfli retsidivist ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
1975 yilda tugʻilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan boʻlishiga qaramasdan, mast holatda haydovchi tomonidan ochiq qoldirilgan mashinani olib qochgan.
Ish hujjatlarida aytilishicha, fuqaro olib qochilgan Matiz mashinasida YTHga uchragan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz tuman sudining hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 267-moddasida (transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan oʻta xavfli retsidivist 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.