Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Termiz xalqaro aeroportida “tax free” shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

2023-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan…

2023-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda “tax free” tizimi joriy etilib, Toshkent, Buxoro, Urganch, Samarqand va Farg‘ona xalqaro aeroportlarida “tax free” shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi.

Bugun Termiz xalqaro aeroportida ham chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qisman qaytarish – “tax free” shoxobchasi ish boshladi.

Ochilish marosimida Soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq-servis” DUK bo‘lim boshlig‘i Nurbek G‘ulomov “tax free” respublikamizning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilishi va chet el fuqarosiga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qisman qaytarish tartibi to‘g‘risida tushuntirish berdi.

Ta’kidlanganidek, xorijiy tajriba asosida yo‘lga qo‘yilgan “tax free” tizimining mamlakat turistik salohiyatini oshirish va xorijiy sayyohlarni jalb etishdagi o‘rni beqiyos.

Mavzuga oid