Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Termizda 45 nafar uyushmagan yoshlarga tikuv mashinasi taqdim etildi

Termiz shahridagi 4-sektor hududida 10 ta mahallada 44 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash va shu orqali ularni doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlari uchun doimiy eʼtibor markazida. Ishchi…

Termizda 45 nafar uyushmagan yoshlarga tikuv mashinasi taqdim etildi

Termiz shahridagi 4-sektor hududida 10 ta mahallada 44 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash va shu orqali ularni doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlari uchun doimiy eʼtibor markazida. Ishchi guruh tomonidan mahallalar hududida olib borilgan oʻrganishlar natijasida 264 nafar yoshlar «Yoshlar daftari»ga roʻyxatga olingan boʻlib, hozirga qadar ularning 228 nafariga amaliy yordam koʻrsatildi.
«Adib Sobir Termiziy» nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan tadbirda 45 nafar qizlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlariga koʻmaklashish uchun bepul zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi. Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilgan bu xayrli tashubbusdan yoshlar mamnun.
Termiz shahar davlat soliq inspektsiyasi boshchiligidagi 4-sektor shtabi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga manzilli yordam koʻrsatish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan amaliy tadbirlar davom etmoqda.


Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Mavzuga oid