Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun yangi yoʻnalishda 1 yillik rezidentura joriy etiladi

Oʻzbekistonda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini ragʻbatlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026…

Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun yangi yoʻnalishda 1 yillik rezidentura joriy etiladi

Oʻzbekistonda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini ragʻbatlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.

Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra, tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yoʻnalishi boʻyicha 1 yillik rezidentura joriy etish koʻzda tutilyapti.
Bundan tashqari, rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki litsenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish moʻljallanmoqda.

Bu ishlarni respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid