Til-millat gʻururi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxatlarning bosh maqsadi xalqimizga munosib hayot sharoitini yaratib berish; “Islohot islohot uchun emas, inson uchun, uning manfaatlari uchun”,-degan ezgu gʻoyani amalga oshirishdan…
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxatlarning bosh maqsadi xalqimizga munosib hayot sharoitini yaratib berish; “Islohot islohot uchun emas, inson uchun, uning manfaatlari uchun”,-degan ezgu gʻoyani amalga oshirishdan iboratdir.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kuzatigan maʼnaviy yangilanish, shaffoflik ijtimoiy adolat tamoyillarida ustuvor insonlar qalbida ertangi kunga ishonch hissini bir necha barobar oshiradi. Buning uchun esa sogʻlom turmush tarzini jamiyatdagi oʻrni beqiyosdir. Ona tili-millatning ruxi, uning or-nomusi, maʼnaviy qiyofasi, orzu-umidlarining namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida oʻz atrofida birlashtiradi va dunyoda borligini taʼmin etadi. Inson uchun uning Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli boʻlsa, uning ona tili xam shu qadar aziz va muqaddas boʻladi. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo ona allasi, ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuygʻu, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk maʼrifatparvar ijodkori Ismoil Gaspirali aytganidek : “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sugʻurib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”
Til muloqot vazifasi xam hisoblanadi. Hammamizga maʼlumki, mashxur boʻlgan A.Navoiy bobomizga tegishli “Koʻngil qulfi mahzanin qulfi til va ul qulfin kaliti soʻz bil”. Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti soʻzdir. Oʻzbek tilining soʻzlari shu qadar maʼnoli, koʻpki bitta maʼnoga ega boʻlgan tushunchani bir nechta soʻzlar orqali ifodalash mumkin boʻladi. Bilamizki bir tushunchaga tegishli boʻlgan soʻz, bir necha soʻzlar bilan ifodalansa, yaʼni sinonim soʻzlari qanchalik koʻp boʻlsa, ayni shu til boy til hisoblanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri boʻlgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarida boʻlgani kabi tilimiz taraqqiyotida xam muhim oʻzgarishlar roʻy berdi.
Oʻzbek tilining xalqaro miqyosida obroʻsi oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor goʻzalligi va jozibasini toʻla namoyon etishi bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida xam keng imkoniyatlar yaratdi. Til-millat qiyofasining bir boʻlagi. Dunyodagi barcha xalqlar oʻzining milliy rasmiy tiliga ega deb ayta olmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bogʻliq. Mutaxassislarning soʻzlariga qaraganda, bugungi kunda xar ikki xaftada bitta til yoʻqolib bormoqda. Bu oʻz navbatida oʻsha tilda soʻzlashuvchi xalqlarning yoʻqolishini anglatadi.
Til-millatning maʼnaviy boyligidir. Til nafaqat muomila vositasi balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa, oʻz navbatida, oʻzaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qoʻllab quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning kafolatidir. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir million kishi soʻzlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. Oʻzbek tili xam mana shu 250 taning ichida ekanligi quvonarli, albatta.
Xulosa qilib aytganda, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish uni ardoqlash bilan teng xisoblanadi. Xar qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida oʻz ifodasini topadi. Til-millat koʻzgusi deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, koʻhna va serqirra maʼdaniyati oʻzbek tili taʼsirida shakllangan. Ulugʻ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan.
Biz ona timizni asrab avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, goʻzal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz kerak. “Til yashasa millat yashaydi”. Agar biz oʻz tilimizni koʻrkamligini, dunyoga tarannum etsak. Millatimiz yanada charogʻon boʻladi va birligimiz mustaxkamlanadi. Zero rus tarixchisi Shobelov aytganidek “Millatni yoʻq qilish uchun u yerga qurol koʻtarib borish shart emas, uning tilini, maʼnaviyatini, adabiyotini yoʻq qilish kerak, shunda millatning oʻzi yoʻq boʻlib ketadi”- degan fikr naqadar toʻgʻri ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi Dilorom Almuratova