Til millat koʻzgusi
Xar yili 21 oktyabr yurtimizda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida oʻzgacha gʻurur, fahr va iftixor bilan keng nishonlanadi. Albatta, xar bir millat oʻz ona tiliga ega. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida…
Xar yili 21 oktyabr yurtimizda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida oʻzgacha gʻurur, fahr va iftixor bilan keng nishonlanadi. Albatta, xar bir millat oʻz ona tiliga ega. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida eʼzozlanadigan tilda ajdodlarning bebaho merosi, tarixi, oʻtmishi va buguni yashaydi. Oʻzligini anglagan xar bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanaladi. Ona tiliga boʻlgan eʼtibor yuksak qadrlanadi. Darhaqiqat, ona tilini sevgan, ardoqlagan inson qalbida oʻtmishi, anʼana va qadriyatlariga, buyuk ajdodlariga boʻlgan cheksiz ehtiromi mujassam boʻladi. “Har bir millatning dunyoga borligʻini koʻrsatadurgan oinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yoqatmak millat ruxini yoqatmakdir”. Abdulla Avloniy “Jamiiyki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir”- deya taʼkidlab oʻtilgan. Til xalqning yagona bir millat sifatida milliyligini, oʻzligini, maʼdaniyatini koʻrsatuvchi koʻzgudir. Millatning borligini va birligini bosh belgisi til hisoblanadi. Darxaqiqat, tilning axamiyati, uning mavjudligini xar qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi soʻzlarning zalvori ikki hissa ortadi. Bugun qay bir soxaga qaramang rivojlanish jarayonini oʻsishini koʻramiz. Shunday ekan tilimiz xam bunday taraqqiyotdan chetda qolmasligi zarur. Toʻgʻri xorijiy tillarni oʻrganish bugun xar doimgidanda dolzarb vazifa millat gʻururi ona tilimizga uning rivojiga katta eʼtibor qaratishimiz lozim.
Til- millat qiyofasining bir boʻlagi. Dunyodagi barcha xalqlar oʻzining milliy rasmiy tiliga ega deb ayta olmaymiz . Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bogʻliq. Mutaxassislarning soʻzlariga qaraganda, bugungi kunda xar ikki xaftada bitta til yoʻqolib bormoqda. Bu oʻz navbatida oʻsha tilda soʻzlashuvchi xalqlarning yoʻqolishini anglatadi. YuNESKO vakillarining soʻzlariga qaraganda, qachonlardir odamlar soʻzlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan boʻlsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud boʻlib, ularning 90 foizi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan tsviilizatsiya tufayli madaniyatdan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir, bu tillarda soʻzlovchi aholining ayrimlari bundan bebahradir. Minglab tillardan taʼlim tizimida foydalanishning imkoniyati yoʻq. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar oʻz tillaridan koʻra, zamonaviy tillardan foydalanishga majbur boʻlmoqda.
Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa oʻz navbatida oʻzaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qoʻllab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir . Shu sababli ham har bir xalq oʻz tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi Dilorom Almuratova