Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda ham sezildi
Bugun, 13-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 08:34 da (13.11.2023-yil, Grinvich boʻyicha 03:34 da) Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. Zilzila…
Bugun, 13-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 08:34 da (13.11.2023-yil, Grinvich boʻyicha 03:34 da) Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 38,65 gradus shimoliy kenglik; 68,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 293 km janubiy-gʻarbda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Uzun tumanida 2 ball, 77 km.