Tonggi badantarbiya mashqlarining salomatlik uchun qanday foydasi bor?
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, kam harakatlik oqibatida har yili dunyo boʻyicha 5 million kishi hayotdan koʻz yumadi. Ana shu raqamlarning oʻziyoq sogʻlom turmush tarzi naqadar muhimligidan ogoh etadi. Quyida…
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, kam harakatlik oqibatida har yili dunyo boʻyicha 5 million kishi hayotdan koʻz yumadi. Ana shu raqamlarning oʻziyoq sogʻlom turmush tarzi naqadar muhimligidan ogoh etadi.
Quyida tibbiyot fanlari doktori, professor Gavhar Tulaboyevaning foydali jismoniy mashqlar haqidagi tavsiya va xulosalari bilan tanishasiz.
— Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, boʻgʻimlarni harakatchan, qomatning toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, — deydi mutaxassis. — Barchasi ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bu jarayonda bajariladigan mashqlar organizmning biror aʼzosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taʼsir etadi. Yaʼni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilay
Yana bir fakt: jismoniy harakat va mashqlar taʼsiri ostida toʻqimalarning kislorodga boʻlgan ehtiyoji 8-10 barobar ortadi. Shu bois qisqa emas, takroriy mashqlar organizmni sogʻlomlashtirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu mashgʻulotlar tizimli bajarilganda tana toʻqimalari oziq moddalarni yaxshi oʻzlashtiradi. Bunday harakatlar asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Jumladan, badantarbiyadan soʻng odamning ham jismoniy, ham aqliy faoliyati yaxshilanadi.
Insonning nafas harakatlari kechki uyqu mahali kunduzgiga nisbatan ancha sekinlashishi maʼlum. Badantarbiya chogʻida bajariladigan nafas mashqlari esa oʻpkani yetarlicha toza havo bilan toʻyintiradi.
Qolaversa, jismoniy faollik organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi, yurak va nafas olish tizimini mustahkamlab, ichak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Suyak va boʻgʻimlarning toʻgʻri shakllanishi hamda mustahkamlanishiga yordam beradi. Tana vaznini meʼyorda ushlab, fikrlash va bilim olish qobiliyatini kuchaytiradi.
Mashqlar “oddiydan — murakkabga” tamoyili asosida, pogʻonama-pogʻona bajariladi. Bunda organizmdagi barcha tizim va mushaklarning mutanosib ishtirok etishini taʼminlash lozim. Shunda biror tana aʼzosi ortiqcha zoʻriqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Badantarbiyadan oldin organizmni jismoniy chiniqtirish zurur. Bundan tashqari, piyoda yurish va yugurish — jismoniy faol hayot kechirishning eng foydali usullaridan biri. Bunday mashgʻulotlar oyoq mushaklarini mustahkamlab, qon aylanish va immun tizimini yaxshilaydi.