Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan toʻqnashib ketdi

Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda Uzbekistan Airways maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida HY054 Urganch – Toshkent reysini…

Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan toʻqnashib ketdi

Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda Uzbekistan Airways maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida HY054 Urganch – Toshkent reysini bajarganidan soʻng Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mutaxassislari Airbus 320 (roʻyxatdan oʻtish raqami UK32022) havo kemasini navbatdagi reysni amalga oshirish uchun tayyorlayotgan vaqtda Toshkent xalqaro aeroporti avtobusining haydovchisi aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzib, samolyot bilan toʻqnashib ketgan. Natijada samolyotning agregatlari harakatlanayotganda havo qarshiligini kamaytirishga yordam beradigan qismi (nosovoy obtekatel) shikastlangan.

Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari havo kemasining shikastlangan qismini almashtirish boʻyicha taʼmirlash ishlarini olib bordi. Joriy yilning 18-noyabr kuni havo kemasiga parvozlarga ruxsat berilgan. Soat 14:30 da Airbus A320Neo jadvalga muvofiq parvozlarni amalga oshirishni boshlagan.

Mavzuga oid