“Toshkent — Angren — Toshkent” yoʻnalishidagi poyezd bir oy harakatlanmaydi
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining bergan xabariga koʻra, 4 dekabrdan 4 yanvargacha 6408/6409-sonli “Toshkent — Angren — Toshkent” yoʻnalishidagi poyezd vaqtinchalik harakatlanmaydi. Xabarda keltirilishicha, harakat…
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining bergan xabariga koʻra, 4 dekabrdan 4 yanvargacha 6408/6409-sonli “Toshkent — Angren — Toshkent” yoʻnalishidagi poyezd vaqtinchalik harakatlanmaydi.
Xabarda keltirilishicha, harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida poyezd vaqtincha harakatlanmaydi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz, deyiladi xabarda.