Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari va ulardagi boʻsh joylar tadbirkorlarga beriladi

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari va ulardagi boʻsh joylar davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi. Temiryoʻl…

Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari va ulardagi boʻsh joylar davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Temiryoʻl sohasida biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish hamda respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 10-oktyabr kuni prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qaror ijrosiga koʻra, noyabr oyidan boshlab, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qoʻqon temiryoʻl vokzallari, ularda joylashgan boʻsh hududlarni tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik hamda shartnoma asosida ijaraga beriladi. Tadbirkorlar vokzallar va boʻsh joylarni ijaraga olishlari va ularda bizneslarini rivojlantirishlari uchun imkoniyati yaratildi.
Toshkent-Markaziy temir yoʻl vokzalida tadbirkorlar uchun 4 ming kvadrat kilometr joy boʻlib, xususiy sherikchilik hamda ijaraga berilmoqda. Bu erda tadbirkor ofis uchun joy, mehmonxona, doʻkon, xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda savdo markazlari tashkil qilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, temiryoʻl vokzallaridagi boʻsh hududlarni ijaraga olmoqchi boʻlgan tadbirkorning taklifi oʻrganilib, tanlangan joy “E-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi.

Mavzuga oid